Qozog‘istondagi butun bir tuman o‘zini o‘zi izolyatsiyaga oldi

Olam

image

Qozog‘istonning Kustanay shahridagi “Aeroport” mikrotumani aholisi mahalliy hokimiyatga ularning hududiga kirish yo‘llariga shlagbaum va turneketlar qo‘yish iltimosi bilan chiqdi. Maqsad hududga koronavirus kirib kelishining oldini olish. Bu haqda bugun, 4 aprel kuni NUR.KZ xabar bermoqda.

Ushbu mikrotumanda 32 ta uy bo‘lib, aholi soni jami 7 000 kishini tashkil etadi. Mahalliy aholi bu yerga kiradigan va chiqadigan odamlarni nazorat qilishni talab qilmoqda.

Shu yerda istiqomat qiluvchi aholi vakillaridan biri Kusherboy Yeraliyevning ma’lum qilishicha, qo‘shnilar o‘zlarini o‘zlari izolyatsiya qilishga kelishib olgan.

“Kirish-chiqish yo‘lini nazorat qilib turuvchi ko‘ngillilarimiz ham bor”, deydi Yeraliyev.

Mikratumanga uch yo‘l orqali kirsa bo‘ladi. Ularning ikkitasiga blok o‘rnatildi, uchinchisiga esa turniket. Aholiga bu borada hokimiyat vakillari yordam berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 500 nafar odam koronavirusga chalingan. To‘rt nafar bemor infeksiya sabab olamdan o‘tgan. Kasallanganlar orasida 28 nafar tibbiyot xodimi ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing