Qozog‘istondagi aviahalokatning taxminiy sabablari ochiqlandi

Olam

image

Texnik nosozlik, boshqaruvdagi xatolik va noqulay ob-havo sharoiti Olma-ota aeroporti yaqinidagi aviahalokatning taxminiy sabablari sifatida ko‘rilyapti. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umbayevning ta’kidlashicha, vazirlik xodimlari barcha quruqlik va aviatsiya xizmatlari faoliyatini tekshiryapti, mas’ullarni so‘roq qilib, reys yo‘lovchilari o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazyapti.

“Tergov barcha hujjatlar, audio va videoyozuvlarni o‘rganyapti. Havo kemasining holati bo‘yicha qator ekspertiza tayinlandi”, degan Turg‘umbayev.

Samolyotdan o‘ziyozar va bort jurnalini olishgan. Hozirda mutaxassislar hodisa joyini ko‘zdan kechirishni davom ettiryapti.

Kecha, 27 dekabr kuni Bek Air aviakompaniyasining Olma-ota-Nur-Sulton yo‘nalishida uchgan samolyoti parvoz vaqtida quladi va 2 qavatli binoga urildi. Halokatda hozirgacha 12 kishi halok bo‘ldi, 40 ortiq odam jarohatlandi.

Halokatdan keyin Bek Air aviakompaniyasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, Fokker-100 rusumli samolyotlarda parvozlar amalga oshirishga ham taqiq qo‘yildi.

Shuningdek, bugun, 28 dekabr Qozog‘istonda umummilliy motam kuni deb e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aviahalokat

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing