Qozog‘istondagi aviahalokatning asosiy sababi e’lon qilindi

Olam

image
Aviahalokat qurbonlariga 4 mln tengedan kompensatsiya to‘lanadi – Prezident north_east

Aviahalokat qurbonlariga 4 mln tengedan kompensatsiya to‘lanadi – Prezident

Qozog‘iston hukumat komissiyasi o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Olma-ota yaqinida Bek Air aviakompaniyasining Fokker-100 samolyoti qulashining asosiy sababini e’lon qildi.

“Hodisaning asosiy versiyasi bu samolyotning muzlashidir”, degan Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar. 

Amaldorning ta’kidlashicha, Bek Air aviakompaniyasining faoliyati noma’lum muddatga to‘xtatilgan. Olma-Ota - Nur-Sulton reysini amalga oshirgan ushbu aviakompaniya samolyoti 27 dekabr kuni ertalab qulab tushdi. Uchish paytida u balandlikni yo‘qotdi, ikki marta dumi bilan uchish yo‘lagiga tegib, beton to‘siqdan o‘tib, ikki qavatli binoga urildi. 

Samolyotda ekipaj a’zolari bilan qo‘shgan holda hammasi bo‘lib 98 kishi bo‘lgan, ulardan 12 nafari vafot etgan. 

29 dekabr kuni Olma-ota xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan hodisa xronologiyasi daqiqama-daqiqa e’lon qilindi. Bundan tashqari, 2 yanvar kuni samolyot qulashini tasvirga olgan video ham oshkor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aviahalokat

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing