Qozog‘istonda yangi o‘quv yili doimgidek boshlanadi, o‘qituvchilar oyligi 25 foizga oshiriladi

Olam

image

Qozog‘iston yangi o‘quv yilini karantinni unutgan holda, odatiy tartibda boshlamoqchiga o‘xshaydi. Bu Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning Fan va ta’lim vaziri bilan muloqotidan anglashiladi. Mamlakat rahbari bugun, 5 avgust kuni vazirning olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobitini tinglagan.

To‘qayev yangi o‘quv yiliga tartibli kirishni tashkil etishning ahamiyatini alohida urg‘ulab, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning masofaviy ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlagan. 

Davlat rahbari vazirga o‘qituvchilarning moddiy sharoitini yaxshilash, ularning o‘z majburiyatlarini kirmaydigan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishlari yoki bunga majburlanishlarining oldini olish, ish haqlarini esa 2021 yilning yanvaridan 25 foizga oshirish yuzasidan topshiriq berdi. 

Shuningdek, To‘qayev universitetlarning akademik mustaqilligini kengaytirish, oliy ta’lim sifatini oshirish va ilm-fanni rivojlantirish xususida alohida vazifalar belgiladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing