Qozog‘istonda yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)
Olam
−
07 fevral 2024 9942 2 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan tuzilgan hukumatning yangi ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “Tengrinews” ma’lum qildi. Unga ko‘ra:
- Oljas Bektenov – Bosh vazir;
- Galimjan Qo‘yshibayev – Bosh vazir o‘rinbosari, ma’muriyat rahbari;
- Oybek Dadeboyev – Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi rahbari;
- Azamat Esqarayev – Adliya vaziri (qayta);
- Madi Takiyev – Moliya vaziri;
- Almasadam Satkaliyev – Energetika vaziri (qayta);
- Akmaral Alnazarova – Sog‘liqni saqlash vaziri;
- Aydarbek Saparov – Qishloq xo‘jaligi vaziri (qayta);
- Chingiz Arinov – Favqulodda vaziyatlar vaziri;
- G‘ani Beysembayev – Ta’lim vaziri (qayta);
- Sayasat Nurbek – Fan va oliy ta’lim vaziri (qayta);
- Aida Balayeva – Madaniyat va axborot vaziri;
- Svetlana Jakupova – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri (qayta);
- Qanat Sharlapayev – Sanoat va qurilish vaziri (qayta);
- Yerlan Nisanbayev – Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri (qayta);
- Arman Shaqqaliyev – Savdo va integratsiya vaziri (qayta);

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining yana uch nafar a’zosi avvalgi lavozimlariga qayta tayinlangan. Bular:
- Murat Nurtleu – Bosh vazir o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri;
- Ruslan Jaksilikov – Mudofaa vaziri;
- Yerjan Sadenov – Ichki ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Qosim-Jomart To‘qayev hukumatni iste’foga chiqarish haqidagi farmonni imzolagan edi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart