To‘qayev hukumatga iste’fo berdi
Olam
−
05 fevral
17514Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublika hukumati iste’fosini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga muvofiq qaror qilaman: Qozog‘iston Respublikasi hukumati iste’fosi qabul qilinsin, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri vazifasi vaqtincha Roman Vasilevich Sklyar zimmasiga yuklansin”, deyiladi Prezident qarorida.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi a’zolariga hukumatning yangi tarkibi tasdiqlangunga qadar o‘z vazifalarini bajarishni davom ettirish topshirildi. Mazkur Farmon imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘qayev prezidentlikda qolish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirmasligini aytgan edi.
LiveBarchasi