Qozog‘istonda vaziyat jiddiy. Rus shifokorlari yordamga keldi
Olam
−
07 iyul 2020
17580Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Iste’meolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati vakillarining bir guruhi koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish maqsadida Qozog‘istonga keldi.
Tibbiyot xodimlari o‘tirgan maxsus reys Nur-Sulton shahriga kelib qo‘ngan.
Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining qayd etishicha, rossiyalik shifokorlar Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin va Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustinning kelishuviga asosan kelgan.
32 kishidan iborat guruhga tajribali virusuloglarlar, epidemiologlar va boshqa tibbiyot xodimlari kiritilgan.
Qayd etilishicha, rossiyalik mutaxassislar qozoq shifokorlariga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda nazariy va amaliy yordam ko‘rsatadilar.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 49 683 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 15 860 nafari sog‘aygan, 264 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi