Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar YTHga uchradi

Olam

image

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi avtomobil yo‘l-transport hodidasiga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:20 da Mang‘istov viloyati hududidagi Tajen-Beyneu avtomobil yo‘lida J.J. boshqaruvidagi avtomobil halokatga uchradi. YTH natijasida O‘zbekiston fuqarosi Sh.X. halok bo‘ldi.

Haydovchi va boshqa 5 nafar o‘zbekistonlik davolanishga ehtiyoj bo‘lmagan yengil jarohatlar oldi.

Beyneu tumani Ishki ishlar bo‘linmasi yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va do‘stlariga hamdardlik bildirib, Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar zarur hollarda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing