Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
Olam
−
16 iyul 2022
7949Avval xabar berganimizdek, bugun, 16 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Qorag‘anda oblasti Shetskiy tumanida MAN yuk mashinasi va Mercyedyes-Benz Sprinter yo‘lovchi mikroavtobusi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobus salonida bo‘lgan 18 nafar yo‘lovchidan 8 nafari vafot etgani aniqlangan. Halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritilganda ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q ekani aniqlangan.
Shuningdek, 10 nafari turli darajalarda tan jarohati olgan, ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ayni vaqtda ularga Aksu-Ayuli qishloq shifoxonasida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Ulardan 1 nafariga ambulator davolanish uchun ruxsat berilgan.
Qayd etish kerakki, dastlab e’lon qilingan shoshilinch xabarda YTH oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi xalok bo‘lgani aytilgandi.
“Qozog‘iston mas’ul xizmatlari tomonidan mukammal o‘rganilib, fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganda xalok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi