Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi (video)
Jamiyat
−
10 mart 2024 13108 1 daqiqa
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan avtobusdan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari evakuatsiya qilindi. Bu haqda bugun, 10 mart kuni mamlakat FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu avtobus "Qorabutak-Komsomol-Kostanay" avtomobil yo‘lining 80-kilometrida to‘xtab qolgan. Unda O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan 17 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
"Yo‘lovchilar yaqin atrofdagi masjidga evakuatsiya qilindi. Ularning hech biri tibbiy yordamga ehtiyoj sezmagan", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi o‘rtalarida ham Qozog‘istonning Oqmola viloyatida yo‘lda qolib ketgan 64 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28