Qozog‘istonda uy qulashi oqibatida o‘zbekistonliklar ham jarohatlandi (video)

Olam

image

Bugun, 30 yanvar kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida gazballoni portlashi oqibatida ikki qavatli turarjoy binosi qulab tushdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qulagan binoning taxminiy maydoni 300 kv.m. bo‘lgan. Jami 46 kishi yashagan uyda portlash vaqtida 35 kishi bo‘lgani aytilmoqda. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan ikki nafar halok bo‘lganlarning jasadi va besh nafar jarohatlanganlar (shundan uch nafari bolalar)ni chiqarib olgan.   

Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham bo‘lgan va ular og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. 

"1989 yilda tug‘ilgan Xoldarov Rustam Umaraliyevich tanasining 80 foizi va 1987 yilda tug‘ilgan Nuriddin Odiljonovich Hakimov tanasining 35 foizi kuygan, yopiq miya shikastlanishi, umurtqa sinishi kuzatilgan", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Elchixona holatni nazoratga olgani va Qarag‘anda viloyati politsiyasi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari bilan aloqada ekanini bildirgan. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolaridan hushyor bo‘lishni, xavf yoki favqulodda vaziyat yoki shoshilinch yordamni talab qiladigan boshqa holatlar haqida xabar berishni so‘ragan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing