Qozog‘istonda Ukrainaga yordam bergan jamg‘arma tugatildi

Olam

image

Qozog‘istonning Atirau viloyati ixtisoslashtirilgan xo‘jalik sudi urush qurbonlariga gumanitar yordam ko‘rsatgan “Ukrainaga shon-sharaf” jamg‘armasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha Qozog‘iston xalqaro byurosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, sud viloyat adliya boshqarmasining da’vosini qanoatlantirgan.

Inson huquqlari bo‘yicha Qozog‘iston xalqaro byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, da’vogar tashkilot ustavi qonunga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, bu qoidabuzarliklar tuzatib bo‘lmaydigan ekanini iddao qilgan.

“Jamg‘arma 10 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo 25 avgust kuni Adliya vazirligi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qilgan”, deydi huquq himoyachilari.

Jamg‘arma rahbari Turarbek Kusainovning aytishicha, uning tashkiloti mavjud bo‘lgan davrda Ukrainaga 5 million tenge (taxminan 11 ming dollar) miqdorida gumanitar yordam yig‘ib jo‘natishga muvaffaq bo‘lgan.

“Rossiyaning Ukrainaga hujumidan so‘ng, Olmaotada ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun shahar me’yorlari bo‘yicha juda ta’sirli bo‘lgan kelishilgan miting bo‘lib o‘tdi. Biroq o‘tgan yil davomida Ukraina xalqi bilan birdamlik aksiyalarini o‘tkazish haqidagi barcha bildirishnomalar Qozog‘iston rasmiylarining qarshiliklariga uchragan”, deyiladi byuro xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasi AQSH Senatida protsessual ovoz berishdan o‘tmagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ukrainaga shon-sharaf jamg'armasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing