Qozog‘istonda o‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanish taqiqlandi
Olam
−
23 fevral
3028Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Ayrim qonun hujjatlariga ta’lim, tarbiya va bolalar xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunini imzoladi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun bilan ta’lim jarayonida mobil telefonlardan foydalanishga cheklov joriy etilgan.
Bundan tashqari, qonunda birinchi sinfga test sinovlarisiz qabul qilishni ta’minlash, bolalar bog‘chalariga yagona navbatni ta’minlash, diniy ma’lumotlar tarqalishining oldini olish va ta’lim muassasalarida o‘z joniga qasd qilishga chaqirishni bartaraf etish kabi normalar kiritilgan.
Shuningdek, bolalar xavfsizligi uchun ta’lim muassasalarida derazalarni himoya qulflari bilan ta’minlash, yangi kichik tumanlarda ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishi jarayonida binolarning loyiha hujjatlariga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim va sog‘liqni saqlash ob’ektlarining majburiy bo‘lishi to‘g‘risidagi bandlar ham kiritilgan.
Yangi talab uch smenali maktablar muammosini hal etish, sifatli ta’lim berish, aholiga oson va tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini berishi ta’kidlanmoqda.
“Hujjatni qabul qilishdan yana bir maqsad yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning ta’lim va huquqlarini himoya qilishdan iborat”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin maktab o‘quvchilarining darsda mobil telefondan foydalanishini taqiqlovchi qonunni imzolagandi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr