Qozog‘istonda tutqunlikda saqlanayotgan andijonlik erkak qutqarildi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2023
7579Qozog‘istonda 6 yildan beri tutqunlikda ushlab turilgan andijonlik erkak nihoyat vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik fuqaro 6 yildan beri tutqunlikda ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan.
“Unda Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi A.A.ni qo‘shni ayol Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga chaqirib, aldov yo‘li bilan allakimga sotib yuborgani va shu tariqa bedarak yo‘qolganiga oid ma’lumot keltirilgan”, deyiladi xabarda.
Mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulligi ushbu holat bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakili, "Sana Sizem" nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) va Turkiston viloyati politsiya departamentining Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda fuqaro A.A. qidiruvga bergan. Shu yil 11 sentyabr kuni fuqaroni Turkiston viloyatining Ordabasi tumani politsiyasi ko‘magida izlab topishga muvaffaq bo‘lindi.
O‘zbekiston fuqarosining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida u "Sana sizem" NNT tomonidan yotoq-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Shuningdek, A.A.ning arizasi nazoratga olinishi yuzasidan Bosh konsullik tomonidan Qozog‘istonning tegishli tashkilotlariga murojaat qilingan.
So‘ngra fuqaroga Bosh konsullik vatanga qaytish guvohnomasini bergan hamda "Sana Sizem" NNT xodimi bilan hamrohlikda u "Jibek-joli - G‘ishtko‘prik" chegara o‘tkazish punkti orqali mamlakatga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, odam savdosi qurboni bo‘lgan qancha fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgani ochiqlangandi.
LiveBarchasi