Qozog‘istonda Tigran Keosayan terrorchilar bilan bir ro‘yxatga kiritildi – OAV
Olam
−
25 iyun 2022
8137Rossiyalik kinorejissyor va teleboshlovchi Tigran Keosayan Qozog‘istonda terrorchilar bilan bir ro‘yxatga kiritildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
“Keosayan OAVda u “istalmagan shaxslar” ro‘yxatiga kiritilishi haqida xabar berilgandan so‘ng darhol unga kiritilgan. Chegarada darhol unga “qizil bayroqlar” qo‘yishdi. Bu ro‘yxatda Keosayandan tashqari terrorchilar va Qozog‘istonda istalmagan boshqa nomaqbul unsurlar bor”, degan vaziyat bilan tanish manba.
Manbaning tushuntirishicha, Keosayan oxir-oqibat rasmiy darajada avvalroq va’da qilinganidek, Qozog‘istonga kirishi mumkin bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgani amaldagi qoidalarga ko‘ra ommaga e’lon qilinmagan.
“Aslida, bu juda keng ro‘yxat, u yerda asosan terrorchilar va shunga o‘xshash toifadagi boshqa odamlar bor va Keosayan ham endi ular bilan birga. Hukumat rasman uning ushbu ro‘yxatda ekanligini aytmaydi, bu normalarda ko‘zda tutilmagan – rasmiylar ushbu ro‘yxatga kiritilgan har bir terrorchini ism bilan aytib chiqmaydi-ku”, degan manba.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 aprel kuni Keosayanning YouTube’dagi kanalida uning qozog‘istonliklarni noshukrlikda ayblab, Ukrainadagi ahvoldan xulosa chiqarishga chaqirgan haqoratli videosi paydo bo‘lgandi.
“Qozoqlar, birodarlar, bu qanday noshukrlik? Yigitlar, sizlar rostdan ham Rossiya qaygadir bug‘lanib ketdi, degan qarorga keldinglarmi? Marsga ko‘chib ketyaptimi? Yoki sizlar ko‘chib ketyapsizlarmi? Men Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Tigran Edmondovich Keosayan shaxsiy fikrimni aytaman. Ukrainaga diqqat bilan qarang, jiddiy o‘ylab ko‘ring. Ukrainaga diqqat bilan qarang, jiddiy o‘ylab ko‘ring. O‘ylaymanki, bizning mas’ullarimiz ham munosabatlar darajasini qayta baholashlari, qayta ko‘rib chiqishlari kerak. Chunki, azizlarim, agar siz shunday ayyor bo‘lishda davom etaman va buning uchun hech narsa bo‘lmaydi deb o‘ylasangiz, adashasiz”, deydi Keosayan tahdidnamo tarzda.
LiveBarchasi