Qozog‘istonda “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
Olam
−
15 fevral 2021 2650 1 daqiqa
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vaksina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan Qorag‘anda farmatsevtika majmuasi (QFM) ma’lum qildi.
“Qorag‘anda farmatsevtika majmuasi Qozog‘iston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga qarshi “Gam-KOVID-Vak” (“Sputnik V”) vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini yakunladi”, deyilgan QFM xabarida.
Bildirilishicha, 13 fevral kuni Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspert tashkilotidan vaksinaning xavfsizligi, sifati va samaradorligi to‘g‘risida xulosa olingan. Ushbu xulosa asosida SSVning Tibbiy va farmatsevtika nazorati qo‘mitasiga ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olish uchun ariza yuborilgan.
Avvalroq, 1 fevraldan Qozog‘istonda “Sputnik V” bilan koronavirusga qarshi emlash boshlangani haqida xabar berilgandi. Vaksinaning birinchi partiyasi bir martalik import ruxsatnomasi asosida yetkazib berilgan. QFMda ham “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025