Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkentda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 04:36 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 41,36 gradus shimoliy kenglik; 69,02 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 20 km shimoliy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2 ball, 12 km.
  • Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 2 ball, 15 km.
  • Toshkent shahrining Olmazor tumanida 2 ball, 17 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qozog'iston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing