Qozog‘istonda saylov: partiyasiz qolgan To‘qayev ovoz berdi 

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 28 aprel kuni Qozog‘iston Xalqi Assambleyasining (QXA) 30-sessiyasida ishtirok etdi va parlament Majilisi (quyi palatasi) ning bo‘shagan o‘rinlari uchun QXAdan ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz berishda ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.  

Joriy yilning 16 mart kuni To‘qayev mamlakat xalqiga murojaati chog‘ida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi. Unga ko‘ra, QXAdan nomzodlar Majilisga emas, parlament Senatiga (yuqori palata) ko‘rsatiladi, shuningdek, kvota to‘qqizdan beshgacha qisqartiriladi. Bugun, Prezident, shuningdek, asosiy qonunga kiritilishi kutilayotgan tuzatishlar munosabati bilan bu formatda ovoz berish oxirgi marta ekanini tushuntirgan. 

“Ammo Qozog‘iston Xalqi Assambleyasi parlamentimizda munosib tarzda namoyon bo‘ladi”, degan u. 

Joriy yilning 11 aprel kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Majilis deputati saylovi uchun QXA Kengashi tomonidan ko‘rsatilgan ikki nomzodni ro‘yxatga olgan. Ular Zakirjan Kuziyev va Vitaliy Tvarionas edi. Ovoz berish natijalari hali e’lon qilinmagan. 

Qozog‘iston Xalqi Assambleyasining asosiy vazifalari davlat milliy siyosatini amalga oshirish, Qozog‘istonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash va millatlararo munosabatlar sohasida davlat va jamiyatning fuqarolik institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirishdan iborat. Assambleya raisi To‘qayev.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing