Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Olam

image
Hindistonda 200 dan ortiq yo‘lovchisi bor samolyot quladi (video) north_east

Hindistonda 200 dan ortiq yo‘lovchisi bor samolyot quladi (video)

Qozog‘istonning Ostona shahri yaqinida yengil samolyot qulab tushdi, ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da Jo‘lomon aerodromi hududida (Ostona) o‘quv parvozi vaqtida TL-2000 yengil samolyoti bilan aviahalokat sodir bo‘lgan. Samolyot xususiy bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda ikki ekipaj a’zosi bo‘lgan, ikkalasi ham halok bo‘lgan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, hozirda hodisa sabablarini o‘rganish uchun komissiya tuzilmoqda.

Ma’lumot uchun, TL-2000 – 1990 yillarda Chexiyada ishlab chiqilgan bir dvigatelli samolyot hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning iyul oyida Qozog‘istonning Oqmola viloyatining Derjavinsk shahri yaqinida An-2 samolyoti halokatga uchragandi. Yengil samolyot parvoz paytida yonib ketgandi. Uchuvchi yonayotgan samolyotni o‘zi evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot o‘shanda texnik sinov parvozini amalga oshirishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston samolyot TL-2000

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing