Qozog‘istonda qator Rossiya telekanallarining efiri to‘xtatildi
Olam
−
04 yanvar
11515Qozog‘istondagi pullik sun’iy yo‘ldosh va internet televideniyesi operatori TVCOM Rossiyaning bir qator telekanallari, jumladan, “Perviy kanal”ni ham efir jadvalidan chiqarib tashladi. Bu haqda aloqa operatori matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, “Perviy kanal SNG”, “Vremya: dalekoye i blizkoye”, “Telekafe”, “Muzika Pervogo”, “Karusel”, “O!”, “Poyexali”, “Dom kino”, “Dom kino Premium”, “Pobeda” va “Bober” to‘xtatilgan kanallar sirasiga kiradi.
Kompaniya bu qarorni "axborot kun tartibiga ega kanallar sonini kamaytirish" doirasida qabul qilganini tushuntirdi. Aytilishicha, rahbariyat buyrug‘i bilan yangiliklar kontentiga ega xorijiy teleradiokompaniyalar ulushi bosqichma-bosqich qisqartiriladi – ularning o‘rnini ko‘ngilochar, kino va ma’rifiy xarakterdagi yuqori reytingli telekanallar, jumladan “Discovery”, “Animal Planet” va “Eurosport” kanallari egallaydi.
TVCOM operator abonentlari “media savodxonligining yuqori darajasiga erishganini va yangilikni asosan ijtimoiy tarmoqlardan olganini” ta’kidlagan va “Perviy kanal”ning kontenti eksklyuziv bo‘lmagani va uni Internet orqali bepul tomosha qilish mumkinligini bildirgan.
“Bolalar va ko‘ngilochar kanallarga kelsak, ular pichoq ostidan o‘tishga majbur bo‘ldi, chunki "ularning diapazoni majburiy, muqobil bo‘lmagan xususiyatga ega", deya qo‘shimcha qildi kompaniya.
“Perviy kanal. Vsemirnaya set”ning Qozog‘istondagi vakili Irina Kalashnikovaning ta’kidlashicha, TVCOM tomonidan aytilgan sabablar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va paketning uzilishi operatorning qarzi bilan bog‘liq.
“Biz 2024 yil uchun konsensusga erisha olmadik, shuning uchun shartnoma tuzilmadi. Asosiy sabab - operatorning mualliflik huquqi egasidan qarzi”, deydi u.
Kalashnikovaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya munosabatlarni saqlab qolish uchun "oxirigacha" harakat qilgan, shartnomada nazarda tutilganiga qaramay, hech qanday jarima qo‘llamagan.
“Ammo operator to‘lamadi. Shu sababli biz yopilishga majbur bo‘ldik. Operatorga uzilish haqida xabar berildi. Biz bu haqda bir yildan beri ogohlantirib kelyapmiz”, deya ta’kidlaydi u.
U operator tez orada yuzaga kelgan qarzni to‘liq to‘lashi va hamkorlikni tiklashiga umid bildirdi.
"Xizmatlar uchun vijdonan pul to‘lagan tomoshabinlarimiz sevimli kanallarini yo‘qotib qo‘yganidan xafamiz, albatta. Ammo, hozirgi vaziyatda ko‘rilgan chorani majburiy deb bilamiz", deydi Irina Kalashnikova.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning avgust oyida Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi qarori bilan “Sargrad” telekanalining sayti "ekstremizm targ‘iboti" uchun bloklangan. Noyabr oyida esa Qozog‘iston rasmiylari qarori bilan “Sputnik24” portali mamlakatda bloklandi. U “Perviy kanal”, “Rossiya 1”, “Rossiya 24”, NTV va “Russia today” telekanallarini tomosha qilish imkonini berardi. Bunga respublika hududida litsenziyaga ega bo‘lmagan teleradioeshittirish operatorlari va uskunalari xizmatlariga shartli kirish kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarqatilishi sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi