Toshkentdan 180 km uzoqlikdagi shahar aholisi portlash sabab evakuatsiya qilinyapti

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahrida harbiy qurol-aslahalar omborida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Arisdagi favqulodda vaziyat oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda Toqeav o‘zining Twitter`dagi sahifasida yozib qoldirgan.

“Mudofaa, ichki ishlar vazirlariga va Turkiston viloyati hokimiga Aris shahridagi harbiy qismdagi omborda yuz bergan portlash oqibatlarini zudlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdim. Aholining xavfsizligini ta’minlash va portlash sabablarini o‘rganish zarur”, degan Prezident Qosim-Jomart Toqayev.

Ayni vaqtda Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev rahbarligida ishchi guruh tuzilgan. U Aris aholisini to‘laligicha evakuatsiya qilish kerakligini aytgan. Portlashdan keyin 11 kishi shifoxonaga murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qosim-Jomart Toqaev

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing