Qozog‘istonda politsiya xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Olam
−
09 Sentabr 2023 5946 1 daqiqa
Oral shahrida politsiya xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
“G‘arbiy Qozog‘iston viloyati politsiya departamenti ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i, politsiya podpolkovnigi Asxat Imanbayevning xabar berishicha, mazkur fuqaro patrul politsiya bataloni inspektoriga 12 ming tenge pora taklif qilgan. U politsiya xodimidan ma’muriy javobgarlikka tortmasligini so‘ragan”, deyiladi xabarda.
Hozirda Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 367-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan sudga qadar tergov harakatlari boshlangan.
Aytilishicha, Qozog‘iston politsiya departamentida korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirilib, poraxo‘rlar ham, pora beruvchilar ham jazolanyapti.
“Mansabdor shaxsga pora berish Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 367-moddasida nazarda tutilgan jinoiy huquqbuzarlik ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Buning uchun eng yuqori jazo 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir”, degan Asxat Imanbayev.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi