Qozog‘istonda otlar podasini chaqmoq urib o‘ldirdi (video)
Olam
−
20 iyun 2020
38512Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Karkarali tumanida chaqmoq urishi natijasida 69 ta ot halok bo‘ldi. Bu haqda 20 iyun, shanba kuni Liter.kz xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otlar Jarli qishlog‘i yaqinidagi daryo bo‘yida o‘tlayotgan bo‘lgan. Shunda ularni chaqmoq urgan. Daryodan o‘lik hayvonlar topilgan. 20 ta toychoq va 49 ta katta yoshli ot o‘lgan.
"Afsuski, tabiiy hodisa yuz berdi. Bunday holatlarda davlat to‘lovlarni amalga oshirmaydi. Bu tabiiy elementdir", dedi Qorqo‘rg‘on tumani hokimiyati.
Nashrning yozishicha, "qishloq aholisi qashshoqlik yoqasida, chunki chorva mollari oilalarning qora qozonini qaynatib turgandi”. Hozir ular moddiy zararni hisoblab o‘tirishipti. Yaqin kunlarda o‘lik jonivorlarni yo‘q qilish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi