Qozog‘istonda odamlar sovuqdan halok bo‘ldi
Olam
−
12:12 8850 1 daqiqa
Qozog‘istonning G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida noqulay ob-havo sharoitida uch kishi sovuqdan halok bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 15 dekabr kuni uch nafar bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topilgan. Jumladan, Janibek tumanidan 57 yoshli, Bokeyorda tumanidan 25 yoshli hamda Qaztalov tumanidan 35 yoshli erkaklar sovuq urishi oqibatida vafot etgan.
Yana bir nafar — Oqjayiq tumanida yashovchi 54 yoshli erkak tirik holda topilgan, biroq uning qo‘l-oyoqlarini sovuq urgan. Hozirda u Uralsk shahriga olib ketilmoqda.
Bugungi kunda yana bir kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda. U — Janibek tumanida yashovchi 59 yoshli fuqaro bo‘lib, 13 dekabr kuni soat 21:00 atrofida Buxor Kuygeldin qishloq okrugi hududidagi qishlovdan chiqib ketgan.
Uni qidirish ishlari qutqaruvchilar, harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda mahalliy hokimlik vakillari tomonidan olib borilmoqda.
Live
Barchasi