Qozog‘istonda noma’lum dron quladi

Olam

image

Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir Issiqlik elektr stansiyasi yaqinida uchuvchisiz uchish apparati halokatga uchradi. Bu haqda “SHOT” Telegram-kanali xabar berdi

Qayd etilishicha, mahalliy xavfsizlik xizmati xodimlari bugun, 21 iyun kuni ertalab korxonaning nazorat-o‘tkazish punktlaridan biri yaqinida noma’lum dronni topgan, biroq uchuvchisiz uchar qurilma hududga kirmagan. Manbaning qayd etishicha, qurilma korpusidan uning identifikatsion belgilari aniqlanmagan. Dastlabki ekspertiza davomida undan portlovchi moddalar topilmagan.

Dron qulashi oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan, shuningdek, biror binoga shikast yetmagan. Mutaxassislar dronning kimga tegishli ekanini aniqlash ustida ishlayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Boyqo‘ng‘ir IES Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir shahridagi elektr stansiyasi bo‘lib, Rossiyaning "Baykonurenergo" ishlab chiqarish-energetika birlashmasiga tegishli. Ushbu stansiya butun shaharni, jumladan, kosmodrom va mahalliy azot-kislorod zavodini energiya bilan ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina urushi boshlanganidan beri birinchi marta Belarus hududiga dron hujumi uyushtirilgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing