Qozog‘istonda Nazarboyevga qarshi yana bir qonun qabul qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston parlamenti Senati (yuqori palatasi) deputatlari bugun, 22 sentyabr kuni respublikaning birinchi prezidenti kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Yig‘ilish qonun chiqaruvchi organ saytida translyatsiya qilinadi. 

“Birinchi Prezident kuni – 1-dekabrni bayramlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash taklif qilinmoqda”, deyiladi Senatning Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va fan qo‘mitasi bayonotida. 

Kinematografiya, madaniyat va bayramlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bundan tashqari, 25 oktyabr Respublika kunini umumxalq bayrami, 16 dekabr esa Mustaqillik kunini davlat bayrami sifatida belgilovchi qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda. Ilgari Mustaqillik kuni milliy maqomga ega edi. 

7 sentyabr kuni Majlis (quyi palata) deputatlari 1 dekabr – Birinchi Prezident kunini uni davlat bayramlari qatoridan chiqarib, Davlat ramzlari kuni, Shukronalik kuni va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim sanalar darajasida belgilashni taklif qildilar.

Ayrim qonun hujjatlariga kinematografiya, madaniyat va bayramlar to‘g‘risidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun parlament tomonidan qabul qilingandan so‘ng davlat rahbari imzosiga o‘tadi. 

Respublika kuni

Iyun oyida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev milliy bayram maqomini avvalroq 25 oktyabrda nishonlanadigan Respublika kuniga qaytarish tashabbusi bilan chiqdi. U 1990 yil 25 oktyabrda Qozog‘istonning davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinganini eslatdi. 

1990 yil 25 oktyabrda Qozog‘iston SSR Oliy Kengashi “Qozog‘iston SSR davlat suvereniteti to‘g‘risida”gi deklaratsiyani qabul qildi. Mamlakatda 25 oktyabr Respublika kuni sifatida nishonlandi. 2009 yilda u davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarildi. 

1 dekabr – Qozog‘istonda Birinchi Prezident kuni sifatida nishonlanadi. U 2011 yilda tashkil etilgan va birinchi marta keyingi yilning 1 dekabrida nishonlangan. Bu kunning sanasi tasodifan tanlanmagan – 1991 yil 1 dekabrda Nursulton Nazarboyev birinchi xalq saylovlarida Qozog‘iston Prezidenti etib saylangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 sentyabr kuni Qozog‘iston poytaxti nomi Nur-Sultondan Ostonaga qaytarilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing