Qozog‘istonda namoyishlar boshlandi

Olam

image

Bugun, 22 fevral kuni Qozog‘iston politsiyasi hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar uyushtirgan o‘nlab muxolifat tarafdorlarini hibsga oldi. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

Namoyishlar o‘tgan yilning mart oyida prezident Nursulton Nazarboyevning qariyb 30 yillik boshqaruvidan keyin iste’foga chiqqandan so‘ng kuchayishni boshlagan edi.

Shanba kuni poytaxt Nur-Sultonga yig‘ilgan namoyishchilar: "Boy bo‘lgan Qozog‘istonda odamlar nega kambag‘al?" yozuvlari tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olishdi va siyosiy mahbuslarning ozod etilishlarini talab etishdi.

Muxolifatning Olmaotadagi ko‘plab tarafdorlari namoyish tashkil etish uchun markaziy maydonga yig‘ilishdi va ular ham shunga o‘xshash talablarni o‘rtaga tashlashdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh rahbari, jurnalist Janbolat Mamay 21 fevral kuni kechqurun hibsga olingan va unga nisbatan noqonuniy namoyish o‘tkazish, ommaviy tartibsizliklarni vujudga keltirish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Yuzlab politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelgan va mitingni tarqatib yuborishga muvaffaq bo‘lgan.

Oradan bir necha soat vaqt o‘tib, hukumatga qarshi tanqidchi Muxtor Ablyazovning tarafdorlari o‘sha joyda namoyish o‘tkazishga harakat qilib ko‘rdi.

Ikkinchi marta bo‘lgan norozilik namoyishida politsiya xodimlari o‘nlab odamlarni hibsga olgan. Shu kuni qo‘lga olingan namoyishchilarning soni 100 nafarga yaqinlashib qolgani aytilmoqda. Nur-Sultondagi namoyishlarda esa kamida 18 kishi hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

658

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing