Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari yomg‘irdan elektr energiyasi oldi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Chimkent shahrida tahsil olayotgan maktab o‘quvchilari muqobil energiya manbalarini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “24.kz” xabar berdi.

Ular yomg‘irdan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Loyiha xalqaro tanlovda g‘olib chiqdi. Hozir ular texnologiyani yaxshilash ustida ishlamoqda. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, u kelajakda quyosh panellariga muqobil bo‘lishi mumkin.

Bolalar o‘zlarining tomchilatib turuvchi generatorini yig‘ishdan oldin muqobil energiya manbalarini yaratish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganib chiqqan.

“Biz suv quyamiz va tomchilarimiz tushadi. Energiya yer yuzasiga tushgan tomchilarning ishqalanishidan hosil bo‘ladi. Bu umuman mo‘’jiza emas. Generatordan foydalanish juda oson. Buning uchun faqat ikkita material kerak: yarimo‘tkazgich va elektrod. Bu energiya olish uchun yetarli. Ekotizim buzilmaydi, chunki uglerod yoqilg‘isi hamma narsaga zararli ta’sir ko‘rsatadi”, deydi muallif o‘quvchilardan biri Moldir Ismoil.

Yosh olimlar yuqori namlikda oddiy xona haroratida ham elektr energiyasini deyarli havodan olish mumkinligini aniqlagan. Loyiha rahbari Yuriy Gryaznov ismli o‘qituvchi bo‘lib, u ixtirochi o‘quvchilar tahsil oladigan Chimkentdagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan gimnaziyaning fizika fani o‘qituvchisi hisoblanadi.

“Bir vaqtlar elektromagnit to‘lqinlarni uzatish imkoniyati bugungi kunda uyali telefonlar va boshqalar shaklida qo‘llaniladi. Shuning uchun biz buni boshlanish deb hisoblaymiz. Biz hozir tarix yozyapmiz va amalga oshirgan loyihamiz kelajakda global o‘zgarishlar olib kelishi mumkin”, degan o‘qituvchi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Qozog'iston yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing