Qozog‘istonda korrupsionerlardan tortib olingan pulga 62 ta maktab quriladi
Olam
−
17 avgust 2023
3430Qozog‘istonda korrupsionerlardan tortib olingan mablag‘lar evaziga Ostona, Olmaota va Chimkent viloyatlarida 62 ta maktab quriladi. Bu haqda “Zakon.kz” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, mazkur tadbir davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshiriladi. Qurilajak maktablar 76 ming o‘rinli bo‘lishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari mamlakatdagi korrupsionerlarning mablag‘lari yig‘iladigan jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jamg‘arma 2022 yilning dekabr oyida tashkil etilganidan buyon korrupsiyaga qo‘l urgan odamlardan 151,6 milliard tenge undirgan.
Uning vazifalariga uch smenali ta’limni yo‘q qilish, favqulodda ta’lim muassasalari muammolarini hal qilish, maktablar, o‘quv markazlari va maktab-internatlari uchun binolar qurish va rekonstruksiya qilish kabilar kiradi.
LiveBarchasi