Qozog‘istonda korrupsioner amaldorlarning ro‘yxati tuziladi
Olam
−
18:05
790Qozog‘istonda korrupsioner amaldorlarning davlat reyestri paydo bo‘ladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 dekabr kuni mamlakat parlamentida “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va “Qozog‘iston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ko‘rib chiqilgan.
Qonun loyihalari doirasida mamlakatda korrupsioner mansabdor shaxslarning davlat reyestrini joriy etish rejalashtirilgan.
“Bu profilaktika vositasi. Uning asosiy maqsadi – jamoatchilikning qoralashi orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirishdan iborat”, degan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining birinchi o‘rinbosari Ulan Sarqulov.
Reyestrdan chiqarish oqlov hukmi va qonuniy kuchga kirgan sudlanganlik holati olib tashlanishi asosida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev parlament tomonidan tasdiqlangan narkotik moddalar ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzolagandi. Ushbu qonunga ko‘ra, aybdor shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
LiveBarchasi