Qozog‘istonda koronavirusning yangi shakli tarqalmoqda – JSST
Olam
−
12 iyul 2020
27071Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qozog‘istonda tarqalayotgan noma’lum pnevmoniyani koronavirusning yangi shakli deb hisoblamoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
“Qozog‘istonda tarqalayotgan tushunarsiz pnevmoniya katta ehtimol bilan noto‘g‘ri tekshirilgan koronavirusning yangi shakli. Mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish ortib borayotgani shu versiyani kuchlantiryapti”, dedi JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Maykl Rayan.
U JSST Qozog‘iston rasmiylari bilan pnevmoniyaga chalinganlarning rentgen xulosalarini koronavirusga mos tushishi tekshirilayotganini bildirdi.
“Sog‘liqni saqlash tashkilotlari o‘tkazilgan testlar va ularning sifatini tekshiryapti. Ular noto‘g‘ri manfiy natija chiqarib berilmaganini aniqlashtiryapti”, dedi Rayan.
9 iyul kuni Qozog‘istondagi Xitoy elchixonachi mamlakatdagi fuqarolarini pnevmoniyadan ehtiyot bo‘lishga chaqirgandi. Unda Qozog‘istonning Atirau, Aqto‘be, Chimkent viloyatlarida pnevmoniya tarqalayotgani aytilgan. Shuningdek, bugungacha 500 kishida kasallik aniqlangani va 30 kishi og‘ir ahvoldagiligi aytilgan.
“Shu yilning birinchi yarmida 1772 kishi pnevmoniyadan o‘ldi. Iyun oyida 628 kishi halok bo‘ldi. Bu kasallikning o‘lim darajasi yangi koronavirusnikidan ancha yuqori”, deyilgan elchixona xabarida.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘rsatilgan ma’lumotlarni inkor qildi.
LiveBarchasi