Qozog‘istonda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Olam
−
27 mart 2021
7143Qozog‘istonning Olmaota shahrida koronavirusning yangicha ko‘rinishi aniqlandi. Bu haqda shaharning bosh davlat sanitariya shifokori, sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Jandarbek Bekshin ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, u Britaniya va Janubiy Afrikadagi koronavirus shtammlariga xos bo‘lgan mutatsiyadir.
Yangi shtammning yuqumliligi darajasi yuqori ekani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, avvalgi asosiy shtamm bilan taqqoslaganda, yangi shtammlarning yuqish darajasi 70 foizgacha yuqori.
Jandarbek Bekshin aholini tezroq vaksina qabul qilishga chaqirgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 289 ming kishi koronavirus yuqtirgan. 3 217 nafar bemor vafot etgan.