Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan zavod qurilyapti

Olam

image

Qozog‘istonda joriy yilning dekabr oyida vaksina tayyorlash bilan shug‘ullanadigan biofarmatsevtik zavod qurilishi yakuniga yetadi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy ma’lum qildi.

"Zavod qurilishi jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu masala bilan Ta’lim vazirligidagi hamkasblarimiz shug‘ullanmoqda. Zavodni ishga tushirish dekabr oylariga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham bundan buyog‘iga ish qizg‘in davom etadi. Umid qilamizki, u belgilangan vaqtda qurib bitkaziladi", degan Soy. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, zavod Qozog‘istonning Jambil viloyatida qurilmoqda.

Ma’lumot uchun, vaksina ishlab chiqarishga mo‘ljallangan biofarmatsevtik zavod qurilishi 2020 yilning iyun oyida boshlangan. 

Zavodda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan bir qatorda, xalqaro standartlarga javob beruvchi immunobiologik preparatlar ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabrdan e’tiboran, Qozog‘iston poytaxti aholisi orasida COVID-19 bilan kasallanish davom etayotgani munosabati bilan yangi cheklovlar va karantin choralari joriy etilgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 109 mingdan oshgan. 

Dunyoda esa kasallik yuqtirganlar soni 38 milliondan oshib ketgan. 1 milliondan ko‘p odam kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

zavod vaktsina

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing