Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasida koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda bugun, 26 mart kuni Axborot va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abayev ma’lum qildi.

"Bugun Qozog‘iston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi. Biz marhumning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz", dedi vazir.

Abayev, shuningdek, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘lim sabablari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishini va’da qildi.

"Bu ish bizga yana bir marta koronavirus qanchalik xavfli ekanligini eslatadi. Hozirda sodir bo‘layotgan barcha narsa hammamiz uchun sinovdir", dedi Abayev.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda shu kungacha 109 ta koronavirus holati tasdiqlangan, 2 bemor sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Koronavirus

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing