Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Aqjol Meirbekov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Dos-Mukasan” ansambli solisti Aqjol Meirbekov 25 noyabr kuni 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Zakon” mahalliy nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, xonanda uzoq davom etgan xastalikdan vafot etgan. Uning o‘limi haqidagi xabarni ansambl badiiy rahbari Doniyor Kusainov ma’lum qilgan. 

“Afsuski, bir necha soat oldin “Dos-Mukasan” ansambli solisti, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Qurmet” ordeni sohibi Aqjol Meirbekov olamdan o‘tdi. Bu biz uchun katta yo‘qotish. Do‘stimizning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Meirbekov 1950 yil 26 iyulda Janubiy Qozog‘istonning Aris shahrida tug‘ilgan. U Toshkent musiqa texnikumi va Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Qo‘shiqchi O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilgan “Salom, biz iste’dodlarni qidiramiz” teletanlovida qatnashib, sovrinli o‘rinni egallagan. 1994-1996 yillarda “Gulder” ansambli direktori va badiiy rahbari lavozimlarida ishlagan.

"Dos-Mukasan" 1967 yilda Qozog‘iston politexnika instituti talabalari tomonidan yaratilgan vokal-cholg‘u ansamblidir. Guruh qozoq va rus tillarida  qo‘shiqlar ijro etadi. Ansambl bir qancha xalqaro musiqa festivallarida laureat bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik aktrisa va teatr rejissyori Polina Menshix sahnada vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qozog'iston artist Dos-Mukasan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing