Qozog‘istonda Kalashnikov avtomatlari ishlab chiqariladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida joylashgan “Tinis” zavodi joriy yilda Kalashnikov avtomatlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.  

“Yil davomida Kokshetau (viloyat ma’muriy markazi) 2015 yildagi kabi Kalashnikov avtomatlarini ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AK-12 va AK-15 avtomatlarini yig‘ish “Tinis” zavodi bazasida amalga oshiriladi. 

Bundan tashqari, joriy yilda Qozog‘iston mudofaa korxonalari Mi-171Sh vertolyotlarini yig‘ish, “Qozog‘iston aviatsiya sanoati”da Airbus samolyotlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha servis markazini tashkil etish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 

Shuningdek, “Tinis” zavodi, “Alma DK” MCHJ va “Militarm” zavodlari bazasida radiatsiyaviy va kimyoviy himoya vositalarini ishlab chiqarish, “Semey injiniring” AJ maydonchasida zirhli tank texnikalarini modernizatsiya qilish, Steel Manufacturing MCHJ bazasida avtomatik o‘q-dorilar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Kalashnikov

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing