Qozog‘istonda qullikda saqlangan o‘zbekistonlik bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida O‘zbekiston fuqarosi bir yil davomida mehnat qulligida saqlab kelingani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aqto‘be viloyati politsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan shaxslarni topish bo‘yicha rejali tadbirlar davomida 1962 yil 2 mayda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.B. aniqlangan. Uning ish beruvchisiga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 128-moddasida ko‘zda tutilgan “Odam savdosi” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

M.B. Qozog‘istonga 1996 yilda kelgan, 2004 yilda doimiy yashash ruxsatnomasini olgan va Qozog‘istonda muntazam yashaydi.

Huquqni muhofaza qilivchi organlar vakillari bilan suhbat chog‘ida M.B. hozirgi ish beruvchisiga nisbatan shikoyati yo‘qligini, ish, yashash va ish haqi shartlari o‘zini qoniqtirishini, O‘zbekistonga qaytish niyati yo‘qligini va Olma-ota shahriga, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan qizining uyiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Jinoiy ish alomatlari yo‘qligi va mehnat qulligi faktlari tasdiqlanmagani munosabati bilan qo‘zg‘atilgan jinoiyat ish yopildi.

Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV o'zbekistonlik qullik

Baholaganlar

158

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing