Qozog‘istonda qo‘lga olingan 27 o‘zbekistonlik ish joyiga qaytarildi

Jamiyat

image

Avvalroq Olmaota shahrida Qozog‘iston vakolatli idoralari tomonidan o‘tkazilgan "Nelegal" respublika favqulodda profilaktika tadbiri davomida 27 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingandi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘istonning vakolatli organlari yordamida ular o‘z ish joyiga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi. 

Konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha Olmaota shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘istonning vakolatli organlariga tegishli so‘rov yuborilgan. Olmaota politsiyasi bilan aloqa o‘rnatilib, Bosh konsulxona tomonidan kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

“Hozirgi vaqtda 27 nafar o‘zbekistonlik ishchilar o‘z ish joylariga qaytarildi. Ulardan 4 nafariga mehnat migratsiyasi sohasi bo‘yicha qonunchilikni buzganligi uchun sud tomonidan ma’muriy javobgarlik tayinlangan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing