Qozog‘istonda qamoqdagi Karim Masimovni afv etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari, davlatga xiyonat va hokimiyatni egallab olishga urinishda ayblangan Karim Masimov afv etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgani xabar qilingandi.  Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyati afv etish to‘g‘risidagi ariza kelib tushganini tasdiqladi. Bu haqda “Inform buro” axborot portali xabar berdi.

Bildirilishicha, hozirda ariza ko‘rib chiqilmoqda. Uning natijasi haqida esa Masimovning o‘ziga xabar qilinadi.

Afv etish komissiyasi rahbari Marat Boshimovning aytishicha, hujjat dastlab Prezident Administratsiyasining elektron o‘qish bo‘yicha umumiy bo‘limidan o‘tayotgani bois komissiyaga haligacha murojaat kelib tushmagan. Murojaat kelib tushsagina, ariza tegishli davlat organlariga yuboriladi. Afv etish komissiyasi esa barcha materiallar mavjud bo‘lgandagina petitsiya oladi. Boshimov mazkur masala yuzasidan xolis qaror qabul qilinishiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot uchun, Karim Masimov 2023 yilning aprel oyida davlatga xiyonat, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinish, hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Masimov terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Karim Masimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing