Qozog‘istonda internetning o‘chirilishi O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?

Bu qiziq

image

Yangi yilning ilk kunlaridan Qozog‘iston viloyatlarida norozilik namoyishlari boshlanib, ular soat sayin avj olishi ortidan Hukumat telekommunikatsiya tarmoqlari, xususan internet jahon axborot makonini qisman va butkul cheklashga kirishdi. 

Ma’lumki, internet tarmoqlarda har bir davlatga u yo bu mamlakat sarhadlari orqali keladi, jumladan O‘zbekistonga ham. Mamlakatda foydalanilayotgan internet hajmida Qozog‘iston orqali kelayotgan tarmoqlarning ulushi katta. 

Xo‘sh, Qozog‘istonda bir uzilib, bir tiklanayotgan internet O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadimi? Ushbu savol bilan QALAMPIR.UZ muxbiri Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Axmatovga yuzlandi. 

O‘zbekiston internetni qaysi davlatlar orqali oladi?

Axmatovning ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari degan tushuncha bor. Telekommunikatsiya tarmoqlariga aloqa, internet ham kiradi. Bu O‘zbekiston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarning hammasi bilan bevosita bog‘liq. Liniyalar 10 ga yaqin davlatdan o‘tgan va bir davlatga qarashli emas. O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan hamma davlatlar bilan bog‘langan”. 

Qozog‘istondagi internet uzilishi O‘zbekistonga qanchalik ta’sir qiladi?

“Telekommunikatsiya tarmoqlari O‘zbekistonga chegara bo‘lgan hamma davlat bilan bevosita bog‘liq. Ularning har biridan o‘rtacha ikkitadan liniyalarimiz bor. Nima uchun bunday qilingan degan savollar ham paydo bo‘ladi. Bu alternativ usul deyish mumkin. Agar bir davlatda internet uzilishi yuzaga kelsa, O‘zbekistondagi telekommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetmasligi uchun ham alternativ bo‘lgan, ya’ni boshqa hududlardan o‘tgan liniyalar ishlayveradi. O‘zbekistondagi internet yoki aloqa faoliyati uzilmasligi aynan bitta davlatga bog‘lanmagan. Har qaysi holatda muqobil variant bor”, deydi Axmatov. 


Maqola muallifi

Teglar

internet Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

1155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing