Qozog‘istonda ikki yoshli qizda koronavirus aniqlandi
Olam
−
17 mart 2020
10531Qozog‘iston shifokorlari mamlakatda koronavirus yuqishi bilan bog‘liq yana uch holatni aniqladi. Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kasallanganlar 13 nafarga yetgan.
Departament rasmiy vakili Dias Ahmetsharipning aniqlik kiritishicha, koronavirusni yuqtirganlar orasida Berlindan kelgan 2018 yilda tug‘ilgan qizaloq ham bor.
"Olma-otada koronavirus yuqishi bilan bog‘liq yana uchta holat qayd yetildi. Bugungi kunga kelib mamlakatda 13 ta koronavirus holati, jumladan Olma-otada 11 ta, Nur-Sultonda yesa ikkita holat tasdiqlangan", deyiladi vazirlik bayonotida.
Ma’lumot uchun, 15 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 15 aprelga qadar Respublikada favqulodda holat joriy yetish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qozog‘istonda koronavirus yuqishi bo‘yicha birinchi holat 13 mart kuni aniqlandi.
LiveBarchasi