Qozog‘istonda ifloslangan havodan halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Olam

image

Qozog‘istonda ifloslangan atmosfera havosi tufayli aholi o‘rtasida o‘lim darajasi ortib bormoqda. Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan Xalqaro sog‘liqni saqlash konferensiyasida Qozog‘iston ekologik tashkilotlari assotsiatsiyasi rahbari Oygul Soloveva ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ifloslangan havoning inson salomatligiga ta’siri nafas olish qiyinlashishi, nafas qisilishi, yo‘tal, astma, yurak kasalliklari va o‘pka saratonining kuchayishida namoyon bo‘ladi. Jahon bankining so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning to‘rtta viloyatida — Olmaota, Qarag‘anda, Pavlodar va Sharqiy Qozog‘istonda har yili havoning ifloslanishi tufayli 1016 ta surunkali bronxit, 2040 ta kasalxonaga yotqizish holati, 40 400 ta shoshilinch tibbiy yordamga murojaat kabi holatlar qayd etilgan. Shuningdek, 2848 ta bevaqt, 2665 ta yurak-o‘pka kasalliklaridan, 183 ta o‘pka saratonidan o‘lim holati ro‘yxatga olingan. 

“Ifloslangan havoning aholi salomatligiga ta’siridan ko‘rilgan zarar, 2011 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaotada 486 million dollar, Pavlodarda 181 million dollar, Ust-Kamenogorskda 157 million dollar, Temirtauda 154 million dollarni tashkil etgan. Respublika hisobidan yetkazilgan zarar. Atmosfera ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklarga har yili 2,5 milliard dollar tushadi”, deydi Oygul Soloveva.

Bundan tashqari, oxirgi besh yil davomida Olmaota, Ostona, Qarag‘anda, Jezqazg‘an va Temirtau shaharlarida havo ifloslanishining yuqori darajasi kuzatilmoqda. Qozog‘istonning konchilik poytaxti havosi eng ifloslangan shaharlar reytingida 23-o‘rinda bo‘lgan. Qarag‘andada havoning ifloslanish indeksi 77,8 ni tashkil qilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston ifloslangan havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing