Qozog‘istonda ichki organlarini 18,8 ming dollarga sotishga uringan erkak qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yashovchi fuqaro ichki organlarini 9 million tengega (18,8 ming dollar) sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Viloyat prokuraturasi holatni internet tarmog‘ini kuzatayotganda aniqlagan. Shundan so‘ng joriy yilning 25 sentyabr kuni prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zining ichki organlarini jami 9 million tengega sotish bo‘yicha noqonuniy bitim tuzmoqchi bo‘lgan fuqaro E. ismli erkak qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Inson a’zolari va to‘qimalarini olib tashlashga yoki qonunga xilof ravishda olib tashlashga majburlash) 1-qismi bilan sudga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Aqto'be

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing