Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Qozog‘istonda ichida 33 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchradi (video)

Olam

image

Bugun, 2 mart kuniga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Telegram sahifasida xabar berildi.

Qayd etilishicha, YTH Aqto‘be viloyatining shu nomli tumanidagi Irg‘iz qishlog‘idan 40 kilometr uzoqlikda, Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining yopiq qismida yuz bergan. Ufadan Samarqand shahriga ketayotgan yo‘lovchi avtobusiga yuk mashinasi kelib urilgan.

FVV xabariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Avtobusdagi 33 nafar o‘zbekistonlik yo‘lning xavfsiz qismida joylashgan zaxiradagi avtobusga evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Kalinin tumanida o‘zbekistonliklar ishtirokida halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Jarohatlanganlarning biri shifoxonada vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Aqto'be viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing