Qozog‘istonda firibgarlikning yangi turi keng tarqaldi
Olam
−
26 Oktabr 2020
13025Qozog‘istonda plastik kartadan pul o‘g‘irlashga mo‘ljallangan firibgarlikning yangi turi keng tarqaldi. Ushbu firibgarlikning qurbonlari saytda reklama e’lonlarini beruvchi foydalanuvchilar bo‘ldi.
Qozog‘istonlik Umit Kuzimbayeva go‘zallik salonidagi eski mebellarni sotish uchun reklama bermoqchi bo‘ladi. Bunga javoban firibgarlar pulni olish uchun soxta sayt linkini yuborishgan. Tashqi ko‘rinishidan rasmiy bo‘lgan sayt qizda shubha uyg‘otmagan va anketaga bank kartasi ma’lumotlarini yozgan.
Bu haqida Nur-Sulton shahrida yashovchi Umit Kuzimbayeva shunday deydi: “Bu rasmiy sayt bo‘lsa kerak deb o‘yladim va ishonch bilan karta raqamlarimni terdim. Keyin men kartaga pul tushmaganligini aytganimda ular bu holatni tushuntirishga harakat qilishdi. Hozirga qadar bunday voqea bo‘lmaganligini aytib, “Siz boshqa kartangizni berishingiz mumkin”, deyishdi. Men kartamni berdim, lekin hech narsa o‘zgarmadi”.
Natijada ikkita kartadan jami 4,5 ming dollar yechib olingan va soxta sayt bloklangan. Politsiya bu sayt boshqa mamlakatda yaratilgan, deb taxmin qilmoqda. Yil boshidan beri shu kabi masalalarda poytaxt huquqni muhofaza qilish organlariga 1300 dan ortiq ariza kelib tushgan.
Rasmiy sayt bilan soxta saytlarni bir-biridan ajratish uchun mutaxassis bo‘lish shart emas. Buning uchun havola bosh harflari https, S harfi esa havola oxirida joylashgan bo‘lishini bilish kifoya. Bunday saytlar muhofazalangan bo‘lib, ularga bemalol ishonsa bo‘ladi.
Mutaxassislarning maslahatiga ko‘ra, shubhali havolalardan yiroq bo‘lishni, pulni shaxsan o‘z qo‘li bilan olgan afzal. Muhimi, har kimga ham karta raqamini jo‘natmaslik kerak. Sizga kelgan SMS-xabarnomani so‘rashganda, buni sir tuting. Chunki rasmiy saytlar bank xodimlari kabi ma’lumot so‘rashmaydi.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi