Qozog‘istonda erkak masjidda namozxonlarga pichoq bilan tahdid qildi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Ostona shahrida masjiddagi odamlarni pichoq bilan qo‘rqitgan noma’lum shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston poytaxti politsiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ostonadagi masjidlardan birida noma’lum shaxs tomonidan qo‘rqitilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan mas’ullar 36 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Politsiyaga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxsning qo‘lbola pichog‘i musodara qilingan, shuningdek, politsiya erkakning 2006 yildan beri psixonevrologik dispanserda ro‘yxatga olinganini aniqlagan.

“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda barcha holatlar bo‘yicha keng qamrovli tekshiruvlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya g‘arbidagi Zigen shahrida ayol kishi avtobusda yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida taxminan 6 kishi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing