Qozog‘istonda erkak 8-qavatda osilib qolgan qizchani qutqardi (video)

Olam

image

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda fuqaro uch yoshli qizchani sakkizinchi qavatdan qulashdan qutqarib qoldi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, hodisa bugun, 11 may kuni soat 10:21 da sodir bo‘lgan. Bola derazadan tashqarida osilib qolgan va kvartiraga qaytib kira olmagan. 

“8-qavat balkoni karnizida osilgan bolani quyi qavatda yashovchi erkak qutqarib qolgan. Yiqilish vaqtida 2019 yilda tug‘ilgan qiz ota-onasi bilan uyda bo‘lgan. Aynan shu vaqtda bolaning yonida hech kim bo‘lmagan. 7-qavatda yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Sabit Shontakbayev yig‘layotgan bolaning osilib qolganini ko‘rgan. U hech ikkilanmasdan va o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, qutqaruv tadbirlarini o‘tkazgan va bir necha soniya ichida qizni ushlab olgan, shu orqali bolaning hayotini saqlab qolgan”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Shontakbayevga jasorat va qahramonlik uchun mukofot topshirilishi rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

254

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing