Qozog‘istonda elektron sigaretalar to‘liq taqiqlanyapti

Olam

image

Qozog‘iston hukumati huzuridagi Idoralararo komissiya respublikada elektron sigaretalar, suyuqliklar va ular uchun xushbo‘y moddalarni to‘liq taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi deputati, “Respublika” partiyasi fraksiyasi a’zosi Nurgul Tau ma’lum qildi.

"Men so‘rovimda elektron sigaretalarni sotishni to‘liq taqiqlashni taklif qilganman. Idoralararo komissiya a’zolari deyarli bir ovozdan (12 ta qarshi 2) elektron sigaretalarni sotish, olib kirish, eksport qilish va ishlab chiqarishni to‘liq taqiqlash uchun ovoz berdi", degan u partiya veb-saytida e’lon qilingan xabarda.

Tauning aytishicha, ushbu muammoni hal qilish uchun qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Ma’lumot uchun, deputat Nurgul Tau oldingi chiqishlaridan birida Moliya vazirligiga tayanib, Qozog‘istonda nikotin iste’mol qilish uchun elektron qurilmalar bozori 2020 yildan 2022 yilgacha 300 baravar o‘sganini xabar qilgan. Shu bilan birga, ushbu mahsulotni chetdan olib kirishning qonuniyligini shubha ostiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston elektron sigareta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing