Qozog‘istonda elektron sigaretalar sotish taqiqlandi
Olam
−
25 yanvar
4517Qozog‘iston parlamenti xorijdan elektron sigareta(veyp)lar olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni to‘liq taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda "Tengrinews" xabar berdi.
Hujjatda qonunbuzarlar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Unga ko‘ra:
- veyp sotganlik uchun maksimal jazo - 50 sutkagacha qamoq;
- olib kirish va tarqatish uchun - 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
- jinoiy guruh tomonidan yoki o‘ta yirik miqdorda yoxud takroran sodir etilgan harakatlar uchun - 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Bundan tashqari, tibbiyot xodimlariga bemorning individual xususiyatlariga qarab eng yaxshi davolash usullarini tanlash imkoniyatini berish uchun tibbiy yordam ko‘rsatishda klinik protokollardan majburiy foydalanish istisno qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq JSST bolalar orasida elektron sigaretalar va veyplardan foydalanishning oshishidan xavotir bildirgandi.
“So‘nggi 4-5 yil ichida bu tashvishli o‘sishdir. Qator mamlakatlarda biz elektron sigaretalar va veyping qurilmalaridan foydalanish maktab yoshidagilar orasida ommalashayotganini kuzatyapmiz. Buyuk Britaniya va AQSHda kashandalikning yangi turi oldingi ko‘rsatkichlarga qaraganda 150 foizga, shuningdek, bolalar orasida ikki barobarga ko‘paygan”, degandi JSSTning Sog‘liqni saqlashni mustahkamlash bo‘yicha direktori Rudiger Krech.
LiveBarchasi