Davlat mablag‘larini o‘zlashtirgan futbol klubi direktori ushlandi (video)

Sport

image

Qozog‘istonning “Jetisu” klubi direktori Kalmuhammad Dosenbayev davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda aybdor, deb topildi. Bu haqda Qozog‘iston Antikorrupsiya xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Dosenbayev davlat byudjetidan ajratilgan 31.9 million tenge, ya’ni salkam 64 ming dollar pulni talon-taroj qilgani aniqlangan. Ushbu mablag‘ futbolchilarning ovqatlanishi va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun ajratilgan. 

Qayd etilishcha, Dosenbayev og‘ir kasalligi va yetkazilgan zararni to‘liq qoplagani sabab 7 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, unga davlat xizmatida va davlat sektorida ishlash umrbod taqiqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Dosenbayev 2024 yilning iyunida hibsga olingan. Dastlab, Antikorrupsiya xizmati unga 84.5 million tenge mablag‘ni o‘zlashtirish bo‘yicha ayblov qo‘ygan va mablag‘larni ishonchli shaxslarning hisob raqamlariga o‘tkazgani gumon qilingan.  Kalmuhammad Dosenbayev 1995 yildan “Jetisu” aviakompaniyasiga rahbarlik qilgan. 2022 yil yanvar oyida esa “Jetisu” futbol klubi direktori lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston “Jetisu” klubi direktori Kalmuhammad Dosenbaev Qozog'iston Antikorruptsiya xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing